3 433
Abdulla Abdulla o‘z farmoni bilan Ashraf G‘anining vakolatlari muddati tugaganini e’lon qildi
Ashraf G‘ani va Abdulla Abdulla / Foto: REUTERS
O‘zini Afg‘oniston prezidenti deb e’lon qilgan Abdulla Abdulla 11 mart kuni Ashraf G‘anining prezidentlik vakolatlari muddati yakunlangani haqidagi farmonni e’lon qildi hamda milliy birdamlik hukumati tugatilgani va Ashraf G‘anining farmonlari boshqa qonuniy deb hisoblanmasligini ma’lum qildi.
Abdulla Afg‘oniston prezidenti saylovlaridagi g‘alabasini tan olmagan Ashraf G‘anini “sobiq prezident” deb atagan va uni yangi hukumatda birgalikda ishlashga chaqirgan.
O‘z navbatida G‘ani o‘z farmoni bilan Afg‘oniston ijro kengashi va bosh vazir lavozimini tugatib, bu tuzilma boshqa yo‘qligini ma’lum qilgan.
Avvalgi saylovlarda 2019 yildagi saylovlardagi kabi G‘anining prezident lavozimi uchun asosiy raqibi Abdulla Abdulla bo‘lgan. O‘shanda G‘ani saylovlarning 2-turida g‘olib deb e’lon qilingan va bu turli munosabatni keltirib chiqargan.
Shu sababli mamlakatda noroziliklar bo‘lib o‘tgan va siyosiy inqirozni hal qilish maqsadida milliy birdamlik hukumati tashkil etilgan. Ashraf G‘ani prezident lavozimini, Abdulla Abdulla esa maxsus tashkil etilgan ijro hokimiyati rahbari lavozimini egallagan.
Ayni vaqtda esa Afg‘onistonda siyosiy vaziyat o‘ta keskin tus olgan va ta’kidlanishicha, kichik bir xato ham siyosiy guruhlar o‘rtasidagi qonli to‘qnashuvlar boshlanishiga olib kelishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
AQSH Isroil bilan tinchlik o‘rnatishga rozi bo‘lgandan keyingina Ar-Riyod bilan shartnoma tuzadi
O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi sayyohlar almashinuvi pandemiyadan oldingi darajaga yetdi
Oq uy Ukraina 2025 yilda hujumga o‘tishini taxmin qilmoqda
Samvel Babayan: "Istalgan jamoa Namanganga kelganida himoyaviy uslubda o‘ynaydi"