14:08 / 13.03.2020
5 799

Xitoyda koronavirus pandemiyasi qachon tugashi ma’lum qilindi

Xitoyda koronavirus pandemiyasi qachon tugashi ma’lum qilindi
Foto: Reuters
Yangi turdagi COVID-19 koronavirus pandemiyasi 2020 yilning iyun oyiga borib pasayishni boshlaydi. Bu haqda Xitoy Sog‘liqni saqlash milliy komissiyasi maxsus ekpertlar guruhi rahbari Chjun Nanshanga tayanib, Commercial Times xabar berdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bu kasallik tarqalishiga qarshi kurashish uchun barcha kuchlarni safarbar etilishini talab qiladi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Xitoy hududida koronavirus yuqtirganlarning umumiy soni 80 793 kishini tashkil etib, ulardan 62 793 nafari sog‘ayishga muvaffaq bo‘lgan. Epidemiya mamlakatning 3169 fuqarosini hayotdan olib ketgan. Shunga qaramay Xitoydagi epidemiologik vaziyat tobora yaxshilanmoqda. Xususan, kasallangan fuqarolarning salkam 78 foizi sog‘aydi. Karantin o‘chog‘ida joriy etilgan karantin yengillashtirildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xitoyda koronavirus pandemiyasi qachon tugashi ma’lum qilindi