Foto: Turkmenportal
Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov hukumat yig‘ilishida fuqarolarga koronavirusdan isiriq yordamida himoyalanishni tavsiya qildi, deb xabar beradi Tengrinews'ga tayanib Daryo nashri.
Turkmaniston aholisi isiriqdan muntazam foydalanib keladi bu — ularni turli kasalliklardan himoyalashiga ishonishadi.
Berdimuhamedovning ta’kidlashicha, turkmanlar ming yillar davomida turli yomon illatlar va yuqumli kasalliklarga qarshi profilaktikaning an’anaviy usullarini yaratib, uning samaradorligini isbotlab bergan.
«Bizning donishmand ota-bobolarimiz an’analarga rioya qilgan: muhim tadbirlar, masalan, yangi uyga ko‘chib o‘tish, to‘y marosimlari, shuningdek, yuqumli kasalliklar tarqaladigan yilning turli mavsumlarida isiriq tutatgan», — deydi Berdimuhamedov.
Davlat rahbarining qayd etishicha, hozirda ham isiriqdan foydalanish an’anasi saqlanib qolgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, isiriq tutuni inson organizmiga turli viruslarning kirishiga yo‘l qo‘ymaydi. Turkmaniston prezidentining fikricha, xalqning ushbu an’anasi bo‘yicha ommaviy tushuntirish ishlarini olib borish kerak.
Ta’kidlash kerakki, Turkmanistonda koronavirus bilan kasallangan birorta fuqaro aniqlanmagan. Nashr mualliflarining yozishicha, isiriq tutunining samarasini tasdiqlovchi ilmiy isbot mavjud emas. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi