07:00 / 19.03.2020
2 913

Aktyor Jared Leto 12 kun sivilizatsiyadan uzoqda yashadi va «butkul boshqa dunyo»ga qaytdi

Aktyor Jared Leto 12 kun sivilizatsiyadan uzoqda yashadi va «butkul boshqa dunyo»ga qaytdi
Foto: Esquire
«Orzu haqida rekviem» (Requiem for a Dream), «Aleksandr» filmlaridagi rollari bilan yulduzlikka erishgan Jared Leto o‘zining Instagram’dagi sahifasi orqali COVID-19 koronavirusi borasidagi vaziyat bu qadar keskin tus olganidan bexabar qolganini tan oldi, deb xabar beradi «Kinopoisk»ga tayanib Daryo nashri.

Aktyor va musiqachi 12 kun oldin sahroga meditatsiya uchun yo‘l olgani va o‘zini tashqi dunyodan butunlay uzib qo‘yganini so‘zlab bergan. Uyga qaytgach, o‘zini o‘zi izolyatsiyalagan va muloqotlardan qochayotgan odamlardan iborat «mutlaqo boshqa dunyo»ga kelib qolgan.

«12 kun oldin sahroda tinch meditatsiyani boshlagan edim. Biz to‘liq izolyatsiyalangan edik. Hech qanday telefon, boshqa aloqa vositalari ishlatilmadi. Kompleksdan tashqarida sodir bo‘layotgan voqealar haqida tasavvurga ham ega emas edik.

Kecha esa mutlaqo boshqa dunyoga kelib qoldik. Butunlay o‘zgargan dunyoga. Yumshoqroq aytgancha, «miya portlab ketdi». Dunyoning turli nuqtalaridagi do‘stlarim va yaqinlarimdan xabarlar kelmoqda va boy bergan narsalarim bilan tanishmoqdaman. Barchaga ijobiy energiya nurlarini yuboryapman. Ichkarida, xavfsizlikda qoling», — deb yozadi aktyor.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Aktyor Jared Leto 12 kun sivilizatsiyadan uzoqda yashadi va «butkul boshqa dunyo»ga qaytdi