13:10 / 19.03.2020
2 605

Britaniya muzeyi 2019 yilning eng qadrli topilmasini e’lon qildi

Britaniya muzeyi 2019 yilning eng qadrli topilmasini e’lon qildi
Foto: «theguardian.com»
Britaniya muzeyi Norfolkda topilgan 1100 yillik qadimiy noyob to‘g‘nag‘ichni o‘tgan yili Angliya, Uels va Shimoliy Irlandiya hududida metolldetekter yordamida topilgan va xazina sifatida e’tirof etilgan 1311 ta buyum orasida eng qadrlisi deb tan oldi, deya xabar berdi «The Guardian».

Topilmalar orasida bronza davriga oid tilla bilaguzuk va tanga yordamida rim imperator-uzurpatori Karauziy haqida ko‘proq ma’lumotlar o‘rganildi.

Britaniya muzeyida antik davr bilan shug‘ullanuvchi Maykl Lyuisning so‘zlariga ko‘ra, aynan 1100 yillik to‘g‘nog‘ich – o‘tgan yilgi topilmalar orasida eng noyobi va eng qadrlisi hisoblanadi.

«Bu o‘sha davr anglosaks san’atining ajoyib namunasi sanaladi. O‘shanda uni topgan odam shu darajada hayratlanganidan: nahot bu qadimiy taqinchoq bo‘lsa, degan. Tashqi ko‘rinishidan Viktoriya davridagi buyumga o‘xshaydi», — deb izohalaydi u.

To‘g‘nag‘ich o‘sha davrning anglosaks usulida ishlangan. U o‘simlik manzaralari, geometrik shakllar va jonivorlar, jumladan, ajdarho va it tasvirlari bilan bezatilgan.

«Orqasida qulfcha bo‘lib, shu darajada yaxshi holatda saqlanganidan hozir ham taqsa bo‘ladigandek», – deydi ekspert.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Britaniya muzeyi 2019 yilning eng qadrli topilmasini e’lon qildi