
Yaponiyaning Aiti prefekturasiga qarashli Gamagori shahrida yashovchi ismi-sharifi ma’lum qilinmagan erkak oilaviy koronavirus yuqtirib, o‘z uyida karantinga tushirilgandi. Lekin uyidagilarga kasalni boshqalarga ham yuqtirish niyati borligini aytib 4 mart kuni kechqurun ko‘chaga chiqqan.
Birinchi bo‘lib barga kirgan. U yerda 15 daqiqacha odamlar bilan gaplashib o‘tirgan. U yerdan chiqib filippinliklar bariga kirib 40 daqiqa o‘tirgan. Bu yerda qo‘shiq ham aytgan va barda ishlovchi qiz bilan quchoqlashib xayrlashgan. Ketish pallasida koronavirusga uchraganini baralla e’lon qilgan.
Oradan 4 kun o‘tgach, bar xodimasining isitmasi ko‘tarildi. Tekshiruvlar u koronavirus yuqtirganini tasdiqladi. Hozirda erkak qo‘lga olingan. Uni qanday jazo kutayotgani hozircha ma’lum qilinmagan.
Eslatib o‘tamiz, 19 mart yakuniga ko‘ra, Yaponiya bo‘yicha 1 ming 924 kishi koronavirus yuqtirgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar