Foto: REUTERS / China Daily
Xitoyda o‘tgan ikki sutka davomida koronavirusga chalingan 39 kishi qayd etildi, ularning barchasi xorijdan kelganlardir, deb xabar berdi Xitoy sog‘liqni saqlash qo‘mitasi.
Xabarda ta’kidlanishicha, Xitoyning o‘zida kasallik yuqtirish bilan bog‘liq birorta ham holat qayd etilmadi.
Mamlakatda dekabrdan buyon 3248 kishi koronavirus qurboni bo‘ldi, kasallikka chalinish bilan bog‘liq 80967 ta holat qayd etilgan.
Mamlakat tibbiyot muassasalarida 6,6 mingga yaqin kishi davolanmoqda.
Shu bilan birga, 71 mingdan ortiq kishi tuzalgan va ularga uylariga javob berilgan.
Avvalroq davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati inspeksiyasi boshlig‘i, davlat bosh sanitariya inspektori Nurmat Otabekov O‘zbekistonga Xitoydan mutaxassislar kelishi haqida ma’lum qilgandi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev xitoylik mutaxassislarni maxsus reys bilan O‘zbekistonga olib kelib, profilaktika tadbirlari bo‘yicha maslahat va ko‘mak olish bo‘yicha topshiriq bergan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
O‘z qo‘limiz bilan muammo yaratmaylik...
Gruziya bosh vaziri mamlakat prezidentini “sotqin” deb atadi
Nadal Madriddagi mag‘lubiyatiga emotsional tarzda munosabat bildirdi
Toshkentda mebel sexi 1 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlandi
Pentagon rahbari Xitoyni AQSHning asosiy raqibi deb atadi
Namanganda 11-sinf o‘quvchisi Lacetti'da ikki talabani urib yubordi
Yevropa Ligasi. “Bayer” safarda “Roma”ni taslim etdi, “Marsel” esa “Atalanta” bilan durang o‘ynadi