07:43 / 22.03.2020
7 292

Xiyonatkor erkak yuzidan bilinadi, ayollar esa - yo‘q

Xiyonatkor erkak yuzidan bilinadi, ayollar esa - yo‘q
G‘arbiy Avstraliya Universiteti olimlari o‘tkazgan tadqiqot natijalari erkaklarning yuziga qarab, shaxsning o‘z turmush o‘rtog‘iga nisbatan xiyonatga qanchalik moyil ekanini yuqori darajada aniqlash mumkinligini ko‘rsatdi.

Biroq olimlar ayollarning yuzi o‘z egasini «sotmasligi»ni ta’kidlamoqda.
Odatda, odamlar kishining yuziga tikilib, unga qanchalik ishonish mumkinligini bilsa bo‘ladi, deydilar, ammo aksariyat bunday usulda chiqarilgan xulosaga ishonqiramay qaraydi.

Avstraliyalik olimlar esa erkaklarning yuzidagi xiyonat alomatlarining ildizlari qadim evolyutsiya bosqichlariga borib taqalishini taxmin qilmoqda.
Evolyutsiya nuqtayi nazari bilan qaraganda, xiyonatkor turmush o‘rtoq o‘z sherigiga katta xavf tug‘diradi: ayol boquvchisiz qolib ketishi mumkin. Shu sababdan ham, asrlar davomida juftlik munosabatlarda sadoqat darajasi eng muhim masala bo‘lib kelgan.

Olimlar 189 nafar inson (101 erkak va 88 ayol)ning o‘z turmush o‘rtog‘iga xiyonat qilgani yoki yo‘qligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘rganib chiqqanlar. So‘ng tadqiqotning boshqa ishtirokchilaridan xiyonatga moyillik alomatini tashqi ko‘rinishga qarab, aniqlashga urinib ko‘rishni so‘raganlar.

Ishtirokchilar ma’lumotlari o‘rganilgan 189 nafar ko‘ngillining fotosuratiga asoslanib, ularning xiyonatga moyillik darajasini 10 balli shkala bo‘yicha baholab chiqqan. So‘rovnomada 1,516 nafar odam: 592 erkak va 924 ayol ishtirok etgan.

Natijalar erkaklar uchun ko‘ngildagidek bo‘lib chiqmagan: ishtirokchilar orasidagi har ikkala jins vakillari ham fotosuratlarga qarab, qaysi erkakning xiyonatkor ekanini yuqori aniqlikda taxmin qila olgan.

«Erkak va ayol ishtirokchilar birgalikda erkaklarning yuz ko‘rinishidan xiyonatga moyillik alomatlarini deyarli to‘g‘ri taxmin qila oldilar, lekin ayollardagi bunday belgilarni aniqlashning u qadar imkoni bo‘lmadi», deyiladi tadqiqotda.

Olimlarning ma’lum qilishicha, ishtirokchilar ko‘proq qoshi qalin, baquvvat jag‘ga ega va labi ingichka erkaklarni xiyonatkor, deya taxmin qilgan.
Olimlarga ko‘ra, nega ayollar emas, balki aynan erkaklarning yuzi shaxsiyatni «sotib qo‘yishi»ning sabablariga evolyutsiya javob berishi mumkin.

Ma’lumki, ongli insoniyat tarixining aksar davri davomida ijtimoiy-iqtisodiy hayotning asosiy qismi erkaklar nazorati ostida bo‘lgan.
Erkaklar o‘z jinsdoshiga nisbatan hamkor, ayollar esa boquvchi sifatida qaragan. Shu sababdan odamlar uchun erkakka qanchalik ishonish mumkinligini bilish o‘ta muhim hisoblangan.

Natijada har ikkala jins vakillari ham erkak yuziga nazar solib, uning shaxsiyatini o‘rganishga urinib kelgan va ming yillar davomida biz bu borada ma’lum tajriba to‘play olganmiz.

Tanqid
E’lon qilinganidan so‘ng avstraliyalik olimlarning bu ilmiy ishi ma’lum darajada tanqidga uchragan. Ayrim jurnalistlar ularning ishini «2019-yilning eng bema’ni tadqiqoti» deya atagan.

Ilm-fan dunyosi vakillari esa nega tadqiqotda faqat oq tanli erkaklar fotosuratlaridan foydalanilganini savol ostiga olgan.
Mualliflarning o‘zi esa tadqiqotda aniqlangan natijalarga asoslanib, kimningdir xiyonatga moyilligini taxmin qilish uchun asoslar yetarli emasligini ta’kidlagan.

Qiziq, bu tadqiqot O‘zbekistonda ko‘p bo‘lgan qoshi qalin erkaklarga ham bog‘liqmikan?

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xiyonatkor erkak yuzidan bilinadi, ayollar esa - yo‘q