
Xitoy hukumati Uxan shahrida koronavirus tarqalishi xavfi haqida birinchi bo‘lib ogohlantirgan oftalmolog shifokor Li Venlyandan ayblovni olib tashladi. U mish-mish tarqatish va jamoat tartibini buzishda ayblangan edi.
O‘ttiz to‘rt yoshli shifokorning o‘zi ham koronavirusni yuqtirib oldi va 7 fevral kuni olamdan o‘tdi. Bu vaqtga kelib Xitoyda koronavirusga chalinganlar soni bir necha o‘n mingga yetib bo‘lgan edi.
The Guardian nashrining yozishicha, Xitoy Oliy sudi politsiyaning Li Venlyanga nisbatan harakatini tanqid qilib chiqdi. Surishtiruvda shifokor jamoat tartibini buzmagani, balki jur’atkorlik bilan va qat’iy harakat qilgani aniqlandi. Ayni paytda sud shifokorning dastlabki xabarlari o‘sha paytdagi real vaziyatga mos bo‘lmaganini ta’kidladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar