
Foto: Depositphotos
Chilining Pasxa orolida (Rapa-Nui nomi bilan ham ma’lum) koronavirusga chalingan ilk bemor qayd qilindi.
Bu haqda mahalliy hokimiyat ma’lum qildi.
Tinch okeanida joylashgan Pasxa oroli dunyoda eng olis joylashgan aholi yashaydigan orol hisoblanadi: u Chili sohillaridan 3514 km, eng yaqin aholi punkti – Pitkern orolidan 2075 km uzoqlikda joylashgan.
“Biz hamjamiyatimizda COVID-19’ga chalinish bo‘yicha ilk holat tasdiqlanganini afsus-nadomat bilan xabar qilishga majburmiz. Gap ahvoli barqaror bo‘lgan yoshi katta odam haqida bormoqda”, deb ma’lum qilgan orolning mahalliy kengashi.
Shu sababli orol ma’muriyati aholini koronavirus tarqalishi oldini olish bo‘yicha choralarga amal qilishga chaqirgan: odamlarga bir-birlariga bir metrdan kamroq masofaga yaqinlashmaslik, yo‘talganda yoki aksirganda og‘izni qo‘l bilan yopish, qo‘llarni tez-tez yuvish tavsiya qilingan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar