14:23 / 25.03.2020
8 638

Xitoyda yangi halokatli virus paydo bo‘ldi

Xitoyda yangi halokatli virus paydo bo‘ldi
fakty.com
Xitoyda xantavirus infeksiyasidan kelib chiqadigan kasallik bilan birinchi o‘lim qayd etildi. Bu haqda mahalliy Global Times nashri yozmoqda.
Ta’kidlanishicha, ushbu virusdan o‘lgan odam Yunnan shahrida yashagan. U Shandunga ketayotgan avtobus ichida vafot etdi. Shundan so‘ng, shifokorlar transport vositasidagi barcha yo‘lovchilarni ushbu virusga tekshirib ko‘rdilar.

Xantavirus kemiruvchilar orqali tarqaladi. Bundan tashqari, ko‘rshapalaklarning ayrim turlari tishlashidan keyin ushbu infeksiya holatlar aniqlanishi haqida ham ma’lum. Kasallikning odamdan odamga yuqishi xantaviruslarga xos emas. Biroq, bunday holatlar ro‘y bergan va u Lotin Amerikasining ba’zi mamlakatlarida qayd etilgan.

Avvalroq, koronavirus epitsentriga aylangan Xitoyning Xubey provinsiyasi hayotga qaytgani haqida xabar berilgandi. 25 martda uchta yirik aeroport Syanyan, Enshi va Shennunszya o‘z ishini qayta boshladi.

Bundan tashqari, viloyatga va undan tashqariga chiqish cheklovlari olib tashlandi. Istisno faqat viloyat poytaxti - Uxan shahridir. Undagi karantin faqat 8 aprel kuni olib tashlanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xitoyda yangi halokatli virus paydo bo‘ldi