2 979
Klopp: Shifokorlar «You’ll Never Walk Alone» qo‘shig‘ini kuylayotganini ko‘rib yig‘lab yubordim (video)
Foto: Goal
«Liverpul» futbol klubi bosh murabbiyi Yurgen Klopp koronavirusga qarshi kurashayotgan barcha shifokorlarga minnatdorchilik bildirdi.
— Uyda qololmaydigan va ishlashda davom etayotgan odamlarga munosabatingiz qanday?
— Buni izohlash uchun ingliz tilidagi so‘z boyligim yetmaydi. Bu aql bovar qilmas, bu juda yaxshi. Kecha menga intensiv terapiya bo‘limi shifokorlari «You’ll Never Walk Alone» qo‘shig‘ini kuylayotgani tasvirlangan video jo‘natishdi. Bu videoni ko‘rib shu zahoti yig‘lab yubordim.
Bu odamlar shunchaki ishlayotganini emas, bu ishni to‘g‘ri kayfiyat bilan ado etayotgani anglatadi. Ular o‘zgalarga yordam berishga o‘rganib qolgan. Buni o‘rganishimiz kerak, chunki odatda bizni o‘z muammolarimiz qiziqtiradi, xolos.
Biroq bu ular uchun har kunlik ish. Ular bemorlarga yordam berib, o‘zini xatarga qo‘yadi. Men shunchaki o‘z kechinmalarimni yuzaga chiqarib berolmayapman», — deydi Klopp.
Emotional watching this. So much respect for NHS staff at the best of times, but at the moment, putting their lives on the line to protect us from this virus, wow! Total heroes. #YNWA #NHSHeroes pic.twitter.com/VJlA4WrsXO
— Mary K Foy (@marykfoy) March 26, 2020
Ma’lumot uchun, «Jerri va uning sheriklari» guruhi tomonidan ijro etilgan «You’ll Never Walk Alone» qo‘shig‘i «Liverpul» jamoasining madhiyasi hisoblanadi. Mazkur qo‘shiq har bir o‘yin oldidan «qizillar» muxlislari tomonidan ijro etiladi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Toshkent viloyatida ekologiya inspektorlari hujumga uchradi
Buxoroda yodgorliklarni ta’mirlashga ajratilgan 3,3 mlrd so‘m talon-toroj qilindi
AQSH va Yaponiya gipertovushli qurollarni urib tushirish uchun raketa yaratadi
Har bir qizning orzusi: turk seriallaridagi eng chiroyli 4 ta to‘y
Shoygu Ukraina dronlariga qarshi qo‘llaniladigan yangi vositalar bilan tanishdi
Ukraina 300 mingta dron sotib olish uchun pul ajratadi
Moskvada Ukrainadan tortib olingan NATO harbiy texnikalari ko‘rgazmasi o‘tkazildi