
Tojikistonning Xo‘jand shahrida “Tojik atlasi va adrasi 2020” festivali o‘tkazildi.
Tadbirga respublika prezidenti Imomali Rahmon tashrif buyurdi, deb xabar qildi Tojikiston prezidenti matbuot xizmati.
Arbob saroyida So‘g‘d viloyatining barcha viloyatlaridan yuzlab san’atkorlar ishtirokidagi konsert bo‘lib o‘tdi. Tantanali marosimda Rahmon barchani Navro‘z bayrami bilan tabrikladi.

San’at ustalari dasturi doirasida Sug‘d viloyati eng yetakchi dizaynerlarining ishlari namoyish qilindi. Festival shartlariga ko‘ra, barcha liboslar atlas va adrasdan tikilgan bo‘lishi kerak.
Tanlov yakunida hay’at a’zolari eng yaxshi dizaynerlarni aniqladilar. G‘oliblarga mamlakat prezidenti sovg‘alarni taqdim etdi.

Eslatib o‘tamiz, hozircha Tojikiston hududida rasmiy ravishda koronavirus aniqlanmagan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar