Foto: «RIA Novosti»
Boliviya Senati kredit bo‘yicha foizlarni to‘lashni kechiktirib, uy-joy kommunal xizmatlari uchun to‘lovlarni 50 foizga arzonlashtirdi, deb xabar bermoqda «RIA Novosti». Bu haqda mamlakat parlamenti saytida ma’lum qilingan.
«Senat koronavirus bilan bog‘liq favqulodda vaziyat paytida aholiga turli moliyaviy institutlardan olingan foizlar va boshqa turdagi to‘lovlarni kechiktirish to‘g‘risidagi qonunni qabul qildi», — deyiladi xabarda.
Shuningdek, pandemiya vaqtida suv, elektr energiyasi, kanalizatsiya, gaz va telekommunikatsiya uchun to‘lovlar ham 50 foizga arzonlashtiriladi.
Boliviya hukumati mamlakatda 15 aprelgacha favqulodda holat rejimini joriy etishga va hozirgi kunda 61 kishi koronavirus bilan kasallangani fonida chegaralarni butunlay yopishga qaror qildi.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, butun dunyo bo‘ylab COVID-19 koronavirusi bilan kasallanganlar soni 597,3 ming kishiga yetgan. Vafot etganlar soni esa 27,3 ming kishidan oshib ketdi. O‘zbekistonda esa koronavirus bilan kasallanganlar soni 104 kishiga yetdi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Shi Te Yong: "Bizda hali olimpiadaga chiqish imkoniyati bor"
Ilon Mask Ukraina va AQSH o‘rtasidagi uzoq muddatli yordam bo‘yicha muzokaralarni “aqldan ozish” deb atadi
Ushbu moddaning yetishmasligi tamaki kabi umrni qisqartiradi
Xodimlarning mehnat qonunchiligiga rioya etilishi nazoratga olingan
O‘zbekistonliklar Saudiyaga tibbiyot va mehmonxona sohalari bo‘yicha ishga yuborilishi mumkin
Elektromobil haydovchilar uch xil bo‘ladi
AQSHda MXA sobiq xodimi Rossiya foydasiga josuslik qilgani uchun 21 yilga qamaldi