Foto: Elitereaders
Filippinlik afsonaviy bokschi Menni Pakyao koronavirus epidemiyasi sababli karantinga ketdi.
O‘z yurtida senator bo‘lgan bokschi senatdagi faoliyati davomida yaqinda koronavirusga chalingani aniqlangan boshqa bir senator bilan muloqot qilgani sababli oilasi bilan karantinga ketishga qaror qilgan.
Shuningdek, Pakyao koronavirusga ekspress-test topshirgan, u bokschida virus yo‘qligini ko‘rsatgan. Bokschi unda yoki oila a’zolarida kasallik alomatlari paydo bo‘la boshlasagina yana bitta test topshirishini aytgan. Pakyaoning ta’kidlashicha, ayni vaqtda uning davlatida testdan o‘tishga undan ko‘ra ehtiyojmand odamlar bor, shu sababli u testdan foydalanishni suiiste’mol qilmaydi.
Avvalroq bokschi o‘z davlatini marodyorlikdan qutqarishini va koronavirusdan o‘lishdan qo‘rqmasligini aytgan.
“Agar biz boshpanasizlarga yordam bermasak, marodyorlikka duch kelishimiz mumkin. Koronavirusdan o‘lishdan qo‘rqmayman. Agar sen yetakchi bo‘lsang, oldi qatorda bo‘lishing kerak. O‘z ortingdan odamlarni yetaklashing va ular bilan qolishingni bildirishing kerak. Men nochorlikda katta bo‘lganman va bu odamlar nima his qilishlarini yaxshi bilaman”, deb aytgan bokschi.
Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, hozirda Filippinda koronavirusga chalinganlar soni 1418 nafarni, undan vafot etganlar soni 71 nafarni tashkil qilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya IIV Ukrainaning amaldagi va sobiq prezidentini qidiruvga berdi
O‘zbekiston tibbiyot OTMda 5 ming nafardan ko‘proq hindistonlik o‘qiyotgani ma’lum bo‘ldi
Tayson Fyuri Oleksandr Usikka qarshi jang uchun Ar-Riyodga yetib bordi
G‘azo himoyasidagi oliygohlar yoxud AQSHda "talabalar bahori"
Ivan Boshkovich: "O‘yin vaqtidagi emotsiyalar normal holat"
Moskvada "Falungun" sektasi tarafdorlari qo‘lga olindi
Gvardiola: Sizlar xomsemiz o‘yinchilar jamoasisiz!
Belarusdagi "Miori" va "Rossoni" o‘yini 50:0 hisobida yakunlandi