Amerikalik olimlar koronavirus tabiati haqida o‘tkazgan tadqiqotlarini "Nature Medicine" ilmiy jurnalida chop etishdi.
Asosiy maqsad oddiy: koronavirus - bu biologik qurol ekanligi haqidagi ma’lumotni tasdiqlash yoki inkor etish.
SARS-CoV-2 odamlarni kasallantirgan yettinchi koronavirusdir. Shu bilan birga, o‘zining keng tarqalishi bilan "kasallik sun’iy yaratilmaganmi", degan mazmunda keng muhokamalarga ham sabab bo‘ldi, deb yozadi tadqiqotchilar.
Materialga ko‘ra, olimlar virus bilan bog‘liq mutatsiyalarni va COVID-19 oqsil-tikani ustida tadqiqot olib borganlar.
Sun’iy viruslarni yaratishning mavjud usullari va ularga ulanadigan qo‘shimchalarni taqqoslab chiqqan olimlar, koronavirus sun’iy ravishda yaratilmagan degan xulosaga kelishdi, chunki ular genomda o‘xshash elementlarni topa olishmadi.
"Ammo, genetik ma’lumotlar, shuni isbotlamoqdaki, SARS-CoV-2 ilgari ishlatilgan virusning qoldiqlaridan olinmagan. Buning o‘rniga biz SARS-CoV-2 kelib chiqishiga ishonchli izoh beruvchi ikkita ssenariyni taklif etamiz: zoonoz tashuvdan oldin uy hayvonlaridagi tabiiy tanlanish yoki zoonoz tashuvdan so‘ng odamlardagi tabiiy tanlanish", - deb yozadi mualliflar.
Shu bilan birga, tadqiqot mualliflari virusning kelib chiqishi haqidagi savolni ochiq qoldirganlar va u inson organizmiga aynan Uxan shahrida tushgan bo‘lishi mumkinligi haqidagi faktni inkor etmaganlar. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Iroq qarshilik kuchlari Isroil poytaxtiga havo hujumi uyushtirdi
Prezident AQSH, Xitoy va Yevropaning yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi
Ukrainada OIV va saraton kasalligiga chalingan bemorlar armiyaga chaqiriladi
Saul Alvares: "U o‘z jangchisiga tupurib qo‘ygan!"
Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi
Osiyo kubogi final uchrashuvi: Bugun “oq bo‘rilar” yapon “samuraylari”ga qarshi maydonga tushadi
Kutilmagan natijalarga boy Dushanbe “Katta Dubulg‘a” turniri yakuniga yetdi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi?