4 166
«Bechora, dosh bera olmadi». Lukashenko Belarusda koronavirusdan vafot etgan birinchi bemor haqida
Foto: «BelTA»
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko koronavirus tufayli vafot etgan 75 yoshli aktyor Viktor Dashkevichning o‘limi haqida izoh berdi. Bu haqda «BelTA» axborot agentligi xabar bergan.
Lukashenko Dashkevichda kasallik alomatlari kuzatilganini qayd etdi.
«Aktyorning rafiqasi, qizi sog‘lom. Sababi ularning immuniteti kuchli. Bechora Viktor esa dosh bera olmadi. Og‘ir pnevmoniya bilan kasalxonaga olib kelindi, sun’iy nafas berish apparatida yotdi, shifokorlar uni qutqarishga harakat qilishdi», — degan Lukashenko.
Viktor Dashkevichning o‘limi haqida 31 mart kuni e’lon qilingan. Belarus OAV aktyorning koronavirusdan vafot etgan mamlakatdagi birinchi mashxur shaxs ekani haqida yozmoqda. Belarus Sog‘liqni saqlash vazirligi ushbu ma’lumotni rasman tasdiqlagani yo‘q.
Viktor Dashkevich Vitebskdagi Yakub Kolas nomidagi teatrda ishlagan, u Belarus Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist unvoniga ega edi.
Dashkevichda koronavirus borligi 26 martda tasdiqlangan. Aktyorning rafiqasi unda nafas yo‘llarining surunkali obstruktiv kasalligi bo‘lganini aytmoqda.
30 mart holatiga ko‘ra, Belarusda koronavirus infeksiyasini yuqtirib olish bo‘yicha jami 152 ta holat aniqlangan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi