Aktyor Idris Elba koronavirusdan tuzaldi (video)

Aktyor Idris Elba koronavirusdan tuzaldi (video)
Taniqli aktyor Idris Elba koronavirusdan tuzalib ketdi. Bu haqda uning o‘zi «Twitter»da yozdi.

Elbaning yozishicha, u va rafiqasida kasallik alomatlari batamom yo‘qolgan, xavf ortda qoldi.
Koronavirusga chalinganini bilgach, aktyor qattiq tashvishga tushgandi, chunki uning astmasi bor edi.

Elbada koronavirus borligi 4 mart kuni aniqlangandi. Keyinchalik erini kasallik bilan yolg‘iz qoldirib ketishni istamagan rafiqasiga ham COVID-19 o‘tdi. Hozirga kelib har ikkisi ham kasallikni yengishga muvaffaq bo‘lishdi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar