20:40 / 01.04.2020
4 333

Karantindan keyin Xitoyda ajrashishlar soni ortdi

Karantindan keyin Xitoyda ajrashishlar soni ortdi
Avval xabar qilganimizdek, Xitoyda koronavirus bilan og‘rigan bemorlarning aksariyati tuzalib bo‘ldi va shu sababli hukumat karantin qoidalarini asta-sekin bekor qilmoqda.

Mart oyida Xitoy markazida joylashgan Sian shahri hamda Sichuan viloyatidagi Dajou shaharlarida rekord darajadagi ajrashishlar qayd etilgan. Hunan viloyatidagi Milo shahridagi "amaldorlarda suv ichishga ham vaqt yo‘q" chunki juda ko‘p juftliklar ajrashish uchun ariza bergan.

"Hayotdagi arzimas narsalar mojarolarning avj olishiga olib keldi va aloqa yomonligi har kimning nikohdan ko‘ngli qolib, ajrashishga qaror qildi", - deydi shahar ro‘yxatga olish markazi direktori Yi Syaoyan.
Shanxaylik advokat Stiv Lining so‘zlariga ko‘ra, mart oyida ajrim uchun arizalar soni 25 %ga oshgan.

Xitoyning ajralish darajasi 2003 yilda qonunlar liberallashtirilgan paytdan beri barqaror ravishda o‘sib bormoqda. O‘sha yili 1,3 milliondan ortiq juftliklar ajrashishdi va ularning soni 15 yil davomida asta-sekin o‘sib, 2018 yilda 4,5 millionga etdi, deya xabar beradi Fuqarolik ishlari vazirligi. O‘tgan yili 4,15 million xitoylik juftlik hayotlarini alohida davom ettirishga qaror qildi.

Xitoy hukumati aksincha, ya’ni karantin tug‘ilishlar soni ortishiga va bu orqali 1949 yilda XXR tashkil topganidan beri rekord darajadagi pasaygan tug‘ilishlarni tugatishga olib keladi deb kutgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Karantindan keyin Xitoyda ajrashishlar soni ortdi