Foto: REUTERS
Amerikalik tadqiqotchilar 1 foiz holatda koronavirusning inkubatsiya davri 14 kundan oshishi mumkinligi aniqlashdi.
University of Massachusetts va Johns Hopkins Bloomberg School of Public Health tadqiqotchilari hamkorligida COVID-19 koronavirusining inkubatsiya davri bo‘yicha izlanish o‘tkazildi.
Uning natijalariga ko‘ra, sinovlarda ishtirok etgan bemorlarning 97 foizida koronavirusning inkubatsiya davri davomiyligi o‘rtacha 11,5 kunni tashkil qilgan. Ularda kasallik alomatlari 8,2 – 15,6 kunda namoyon bo‘lgan.
Tadqiqotchilar 181 odamni koronavirusni yuqtirib olishidan boshlab, to dastlabki alomatlar paydo bo‘lgunga qadar kuzatib, qattiq nazorat qilishgan. Natijalar 10 ming odamdan 101 nafarida kasalik alomatlari karantin davri tugagandan keyin ham paydo bo‘lishi mumkinligi ko‘rsatmoqda. Bu ko‘rsatkich umumiy hisobda 1 foizni tashkil qiladi.
Tadqiqotchilar fikriga ko‘ra, bu ko‘rsatkichlar vaqtincha karantinga olish davrining uzunligi masalasini qayta ko‘rib chiqish haqida o‘ylashga asos bo‘la oladi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Global Janub kimniki?
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi