
Foto: Rospotrebnadzor
Hid va ta’m sezgilarining yo‘qolishi koronavirus yuqtirganlikning asosiy belgilari bo‘lishi mumkin. Bu haqda Londondagi Qirollik kolleji olimlari ma’lum qilishdi.
Qayd etilishicha, shunday belgilarga ega bo‘lgan 59 foiz bemorlarda koronavirusga test topshirilganda musbat natija chiqqan. Ushbu ko‘rsatkich koronavirusni aniqlashda yuqori isitmadan ko‘ra aniqroq belgi ekanligi ma’lum bo‘lgan.
Olimlarning ta’kidlashicha, ta’m va hid sezgilarining yo‘qolishi boshqa belgilar bilan birga koronavirus infeksiyasi borligini uch karra aniqroq ko‘rsatadi. Mana shu belgilar namoyon bo‘lganida yetti kun davomida o‘z-o‘zini izolyatsiya qilish tartibiga qat’iy amal qilish lozim.
Avvalroq koronavirusning asosiy belgilari sifatida nafas olishning og‘irlashishi, quruq yo‘tal va tana haroratining ko‘tarilishi qayd etilgandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar