Foto: kremlin.ru
Bosh vazir o‘rinbosari Tatyana Golikova kasallik yuqtirish holatlari o‘sganini tasdiqladi.
Rossiyada COVID-19 koronavirus infeksiyasi bilan bog‘liq vaziyat murakkablashmoqda, dedi mamlakat prezidenti Vladimir Putin.
«Mamlakatda vaziyat murakkablashmoqda, dunyoda koronavirus bilan bog‘liq vaziyat judayam murakkab», — dedi Putin hukumat a’zolari bilan videokonferensiya shaklida o‘tgan yig‘ilishda.
U jahonda koronavirusga chalinganlar soni 850 mingdan oshganini, Rossiyada esa 2777taga yetganini eslatib o‘tdi.
Bosh vazir o‘rinbosari Tatyana Golikova kasallik yuqtirish holatlari o‘sganini tasdiqladi.
«Koronavirus infeksiyasi yuqtirgan fuqarolar soni o‘tgan sutkada 18,8 foizga o‘sdi», — dedi Golikova.
Golikovaning so‘zlariga ko‘ra, ko‘rsatkichning o‘sishi test olishning kengayishi bilan ham izohlanadi.
Avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin hukumatga favqulodda vaziyat rejimini kiritish vakolatini beruvchi qonunni imzolagandi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi
«Ziki eski shahar» laqabi bilan tanilgan Lutfulla Umarovga sud hukmi o‘qildi
AQSH Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritdi
O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi
Germaniyada Rheinmetall qurol kompaniyasi rahbarining dachasi yoqib yuborildi
Germaniyada Gebbelsning villasi istalgan odamga berib yuborilishi e’lon qilindi
Bayden talabalarning norozilik namoyishlari uning Isroilga nisbatan siyosatini o‘zgartirmasligini aytdi