Foto: «Vse42.ru»
COVID-19 koronavirus infeksiyasi pandemiyasi bir yildan so‘ng takrorlanishi, yanada agressivroq kasallik paydo bo‘lishi mumkin, deydi shifokor-epidemiolog Igor Gundarov.
Professor va tibbiyot fanlari doktori Gundarovning so‘zlariga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi mavsumiy kasallik hisoblanadi — qishda faollashadi, yozda yo‘qoladi, keyingi yil qishda esa uning tarqalishi bilan bog‘liq vaziyat takrorlanishi hech gap emas.
Uning fikricha, bu yil qishdagi COVID-19 pandemiyasiga sog‘liqni saqlash tizimidagi muvaffaqiyatlar sabab bo‘ldi — ularning sharofati bilan grippning A va B tiplari deyarli yo‘q qilindi, koronavirus shtammlari esa ularning o‘rnida bo‘shab qolgan joyda ko‘paya boshladi.
«Etik bilan bir virusni ezib o‘ldirib, uning o‘rnida boshqasini yetishtirdik. Koronavirus grippga qaraganda kuchliroq bo‘lib chiqdi. Keyingi kasallik yanada agressivroq bo‘lishi mumkin», — deydi epidemiologiya va profilaktika sohasidagi mutaxassis. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Migrantlarni Rossiyadan chiqarib yuborishning yangi tartibi taklif etildi