date
views 2 946

Italiyada koronavirusga chalinganlarni sog‘ayib ketganlar qoni bilan davolashmoqda

Italiyada koronavirusga chalinganlarni sog‘ayib ketganlar qoni bilan davolashmoqda
Foto: AP
Italiyaning Paviya provinsiyasida (Lombardiya regioni) koronavirusga chalinganlarni undan sog‘ayib ketganlarning qon plazmasi (qonning suyuq qismi) bilan davolash boshlandi. Bu haqda ANSA axborot agentligi xabar berdi.

Ba’zi bemorlar koronavirusdan sog‘ayganlarning antitanalarga ega qon plazmasini olishdi”, deyilgan xabarda.
Ta’kidlanishicha, Paviyada birinchilardan bo‘lib koronavirusga chalingan er-xotin shifokor hozirda davolanayotgan bemorlar uchun qon donori bo‘lishgan.

Avvalroq xitoylik shifokorlar sog‘ayib ketganlar qonida koronavirusga qarshi antitanalar topilgani sababli uni kasallarga quyish yaxshi samara berishini ma’lum qilishgandi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Italiyada koronavirusga chalinganlarni sog‘ayib ketganlar qoni bilan davolashmoqda