Foto: Reuters
Saudiya Arabistoni hukumati musulmonlar uchun muqaddas bo‘lgan Makka va Madina shaharlarida komendantlik soatini joriy qildi. Bu haqda «Al-Arabiya» telekanali xabar berdi.
Endi har ikkala shahar aholisi faqat zarurat bo‘lgan holatlarda (oziq-ovqat sotib olish yoki tibbiy yordam olish uchun) soat 6:00 va 15:00 oralig‘ida uydan chiqishi mumkin. Fuqarolarga o‘z kvartallari doirasida harakatlanish tavsiya qilinadi.
Tadbirkorlikning har qanday turi to‘xtatiladi. Faqat dorixonalar va oziq-ovqat do‘konlarining ishlashiga ruxsat beriladi.
Saudiya Arabistoni qirolligi Ichki ishlar vazirligi xabariga ko‘ra, bu cheklovlar harbiylarga, xavfsizlik xizmati xodimlariga, ommaviy axborot vositalariga, shuningdek, tibbiy muassasa xodimlariga taalluqli emas.
Telekanal bergan ma’lumotga ko‘ra, 3 aprel holatiga Saudiya Arabistonida koronavirus bilan xastalanganlar soni 1885ni tashkil qiladi. Ulardan 21 nafari vafot etgan, 328 nafari sog‘ayib ketgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi