
Foto: EPA-EFE/TOLGA BOZOGLU
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an 3 mart kuni millatga murojaat qilib, mamlakatda koronavirus tarqalishi oldini olish uchun yangi choralar kiritilishini e’lon qildi.
“Yarimtundan boshlab 15 kunga o‘pka kasalliklari keng tarqalgan 30 ta shahar va Zonguldak viloyatiga kirish-chiqish taqiqlanadi. 20 yoshdan kichiklar uchun komendantlik soati kiritiladi. Odamlar to‘planadigan joylarda, jumladan supermarketlar, bozorlar va ish joylarida niqob taqish shart”, deb aytgan Erdo‘g‘an TRT telekanali efirida.
Turkiya prezidenti, shuningdek, ijtimoiy masofalashuvga rioya qilishga chaqirgan va ko‘chada bir-biriga 3 qadamdan kamroq masofaga yaqinlashmaslik kerakligini ta’kidlab o‘tgan. Shuningdek, zarur choralarga rioya qilmaydiganlar jarimaga tortiladi.
Erdo‘g‘an pandemiyadan keyin Turkiyada yangi siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy tizim qurilishi va “endi hech narsa avvalgidek bo‘lmasligini” ta’kidlab o‘tgan.
Turkiyada koronavirusga chalinish bo‘yicha ilk holat 10 martda qayd qilingan. Hozirda kasallanganlar soni 21 mingga yaqinni, vafot etganlar 425 nafarni tashkil qilmoqda. 484 kishi virus chaqiradigan kasallikdan sog‘ayib ketgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar