Foto: «Kp.ru»
Butun dunyoda turli mamlakatlarning aholisi va hukumati COVID-19 koronavirusi sabab yana bir muammoga duch keldi, deb yozmoqda Bloomberg.
Bu norasmiy ishlovchilar sektori muammosi — butun dunyodagi YAIMning qariyb chorak qismi ularning daromadiga to‘g‘ri keladi.
Hukumatlar koronavirusdan talafot ko‘rgan sohalar, korxonalarga ko‘mak berish dasturlarini ishlab chiqmoqda, xususan, ishlab chiqarishni to‘xtatgan va xodimlar sonini qisqartirgan muassasalarga yordam berishga urinmoqda. Biroq bu kabi dasturlar xufiyona iqtisodiyotga va unda band bo‘lgan odamlarga taalluqli emas.
Norasmiy ishlayotganlarning ko‘pchiligi davlat organlarida ro‘yxatdan o‘tmagan va ijtimoiy yordamdan foydalana olmaydi. Mehnat resurslariga talabning kamayishi, karantin e’lon qilingani tufayli o‘z faoliyat yo‘nalishini o‘zgartirmoqda. Ular masofadan turib ishlash rejimiga o‘ta olmaydi.
2015 yilda Xalqaro valyuta jamg‘armasi global xufiyona iqtisodiyotning rasmiy YAIMdagi ulushi 31,9 foiz deb baholagandi. 2019 yilda xufiyona iqtisodiyotning ulushi 30 trillion dollarni tashkil etdi.
G20 davlatlarining moliya vazirlari, markaziy banklari rahbarlarining fikricha, vaziyatni hal etishda rivojlanayotgan mamlakatlarning qarzdorligini zaiflashtirish, davlat va korporativ qarzni kamaytirish samara berishi mumkin. Kreditorlarga hozirda to‘lanayotgan mablag‘lar muammolar yechimiga, jumladan, notenglikni bartaraf qilishga hamda kam taminlangan oilalarga yordam berishga sarflanadi.
Ayrim davlatlarning hukumatlari bu kabi qarorlarni mustaqil qabul qilmoqda. Iqtisodiyotning norasmiy sektori manfaatlarini notijorat tashkilotlar qo‘llab-quvvatlamoqda. Janubiy Afrika Respublikasida xufiyona iqtisodiyotda band bo‘lgan aholiga grantlar ajratilmoqda. Ushbu mablag‘ evaziga fuqarolar o‘z-o‘zini izolyatsiya qilib, daromadining muayyan qismini yo‘qotishdan saqlab qoladi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Taniqli aktyor va rejissyor Mashrab Kimsanov 69 yoshida vafot etdi
Shoygu Ukraina dronlariga qarshi qo‘llaniladigan yangi vositalar bilan tanishdi
Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi
Moskvada Ukrainadan tortib olingan NATO harbiy texnikalari ko‘rgazmasi o‘tkazildi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi?
Toshkent viloyatida ekologiya inspektorlari hujumga uchradi
AQSH Ukrainaga yana 50 mlrd dollar ajratishni taklif qildi