07:14 / 06.04.2020
1 952

Gruziyadagi bozorda banknotalar koronavirusdan dazmol yordamida zararsizlantirilmoqda

Gruziyadagi bozorda banknotalar koronavirusdan dazmol yordamida zararsizlantirilmoqda
Foto: Getty Images
Gruziyaning Poti shahridagi dehqon bozorida barcha xaridorlar yonlaridagi naqd pulni dezinfeksiya uchun maxsus xodimga berishlari majburiy qilib qo‘yildi. Bu haqda Gruziyaning Birinchi kanali xabar berdi.

Xaridorlar bozorga kirishdan oldin yonlaridagi naqd pulni maxsus xodimga berishlari kerak bo‘ladi. U o‘z navbatida banknotalar ustidan dazmol bosadi, tangalarga esa antiseptik bilan ishlov beradi.

Bu choralar koronavirus tarqalishi oldini olish uchun amalga oshirilmoqda. Bundan tashqari, tashrif buyuruvchilarning harorati o‘lchanib, ularga qo‘lqoplar berilmoqda. Bozor direktori Nodar Korsantining ta’kidlashicha, bozordagi barcha sotuvchilar ham o‘z navbatida qaytimni dezinfeksiya qilingan pullar bilan berishmoqda.

Ayni vaqtda Gruziyada koronavirusga chalinganlar soni 170 nafarni, undan vafot etganlar soni 2 nafarni tashkil qilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Gruziyadagi bozorda banknotalar koronavirusdan dazmol yordamida zararsizlantirilmoqda