1 743
Google koronavirusga qarshi kurash uchun foydalanuvchilarning harakatlanishi haqidagi ma’lumotlarni to‘plamoqda
Google kompaniyasi pandemiya davrida foydalanuvchilarning harakatlanishi dinamikasi aks etgan hisobotni e’lon qila boshladi.
Kompaniya vakillarining ma’lum qilishicha, ma’lumotlardan sog‘liqni saqlash organlari foydalanadi. Bu virusga qarshi kurashish uchun zaruriy choralarga oid samarali qarorlarni qabul qilishga yordam beradi.
Hisobotda anonim ma’lumotlar ham bor. Unda chakana savdo va dam olish joylari, do‘konlar va dorixonalar, parklar, tranzit punktlar, ishlash va yashash joylari lokatsiyasi kiritilgan. Ana shu joylarga kelish ko‘rsatkichlari hisobotda foizlarda aks ettirilgan. Unda e’lon qilinishidan 2-3 kun avvalgi ma’lumotlar to‘planadi.
Kompaniya 131ta mamlakat va mintaqalarga tegishli ma’lumotlarni joylashtirish, shuningdek, bazani to‘ldirib borishni rejalashtirgan. Ro‘yxatda O‘zbekiston mavjud emas.
Hisobotdan cheklangan vaqt davomida foydalanish mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH»
Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi
AQSH sun’iy intellektga yadro quroli ustidan nazoratni bermaslikka chaqirdi
AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi
Ar-Riyodda forum: AQSH-Xitoy tirashuvi va Yaqin Sharq inqirozi diqqat markazida
O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘p?
Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi