
USM xoldingi aksiyadorlari Rossiya hududiga yangi koronavirus infeksiyasi olib kirilishi va tarqalishining oldini olish bo‘yicha tezkor shtab ehtiyojlari uchun 2 mlrd rubl ajratishga qaror qildi.
Alisher Usmonov, Vladimir Skoch, Farhod Moshiriy va Ivan Streshinskiy holdingning asosiy aksiyadorlari hisoblanadi.
Mablag‘lar shtab faoliyatining ustuvor yo‘nalishlarida foydalanish uchun beg‘araz taqdim etiladi.
Moliyalashtirish birinchi navbatda tibbiyot xodimlari va ko‘ngillilar uchun himoya vositalari, ularning transport bilan ta’minlanishi, shuningdek, tibbiyot xodimlari va koronavirusdan zararlanganlarga yordam ko‘rsatish va ularni davolash ishlarida band bo‘lganlarga moddiy yordam ko‘rsatish uchun yo‘naltirilishi rejalashtirilgan.
So‘nggi haftalar davomida holding aksiyador bo‘lgan korxona va kompaniyaning resursi va kuchi koronavirusga qarshi kurashishga yo‘naltirilmoqda.
USM – metallurgiya va tog‘-kon qazib chiqarish, telekommunikatsiya, texnologiya a internet sohasidagi aktivlarga egalik qiladi va ularni boshqaradi. «Metalloinvest», «Megafon», Baykalskaya gornaya kompaniya, Mail.ru Group guruh aktivlari qatoriga kiradi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar