Qozog‘istonda fohishalik bilan shug‘ullangan o‘zbekistonlik ayollar qo‘lga olindi

Qozog‘istonda fohishalik bilan shug‘ullangan o‘zbekistonlik ayollar qo‘lga olindi
Foto: Tengrinews
Qozog‘istonning Turkiston viloyatida qizlarning fohishalik bilan shug‘ullanganishi uchun sharoit yaratib bergan sauna kompleksi aniqlandi, deb xabar beradi Tengrinews.

«Kriminal politsiya boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlar davomida ma’lum bir mablag‘ evaziga mijozlar uchun fohisha qizlar xizmatini taqdim etish bilan shug‘ullanib kelgan gumonlanuvchi — muassasa egasi qo‘lga olindi. Tergovchilar pullarni ashyoviy dalil sifatida olib qo‘ygan», — deyiladi xabarda.

Shuningdek, politsiyachilar olti nafar fohishani ham qo‘lga olgan bo‘lib, ular O‘zbekiston fuqarosi bo‘lib chiqqan. Ayni vaqtda ushbu holat yuzasidan sudgacha tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar