
Foto: Getty Images
Braziliya terma jamoasining sobiq hujumchisi Ronaldino Paragvay qamoqxonasidan ozod etildi.
AS nashrining xabar qilishicha, Ronaldinoning jazosi 1,6 million yevro garov puli evaziga uy qamog‘iga almashtirilgan. Hozirda u Asunsyondagi mehmonxonada uy qamog‘ida saqlanmoqda. Shu tariqa, sobiq futbolchi bir oy qamoqxonada yotdi.
Eslatib o‘tamiz, Ronaldino va uning akasi Roberto de Assis Moreyra soxta pasport bilan Paragvay hududiga kirgani sabab hibsga olingandi. 5 aprel kuni Paragvay bosh prokurori braziliyaliklarni hibsga olishga order taqdim etgan, biroq keyingi kuni ular ozod qilingandi. Biroq oradan bir necha soat o‘tib Ronaldino yana hibsga olingan va keyinchalik sud hibsda saqlash muddatini olti oyga uzaytirgandi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar