Ispaniya qachon odatiy hayot tarziga qaytadi?

Foto: «El Pais»/Mariya Xesus Montero.
Ispaniya hukumati koronavirus sababli joriy etilgan karantin choralarini 26 apreldan yumshatishni va mamlakatni oldingidek hayot tarziga qaytarishni boshlaydi. «El Pais» yozishicha, bu haqda bugun, 8 aprel kuni Ispaniya moliya vaziri Mariya Xesus Montero ma’lum qildi.
Uning aytishicha, favqulodda vaziyatning uzaytirilgan muddati tugaydigan 26 apreldan, fuqarolar o‘z odatiy hayot tarzlariga qayta boshlashlari uchun, boshqa «progressiv choralar»ni qabul qilishga kirishiladi.
Vazirning aytishicha, cheklovlar, ekspertlarning xulosalariga tayanilib, koronavirus qayta ko‘payib ketishining oldini olish uchun, sekin-asta kamaytirib boriladi.
Eslatib o‘tamiz, Ispaniyada kecha koronavirusdan 757 kishi vafot etdi. To‘rt kun ketma-ket pasayishdan so‘ng, qurbonlar soni ikki kundan beri ko‘paymoqda. Koronavirus qurbonlari umumiy soni 14555 nafarga yetdi. Sog‘ayib ketganlar — 48 ming nafar.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Ispaniya hukumati koronavirus sababli joriy etilgan karantin choralarini 26 apreldan yumshatishni va mamlakatni oldingidek hayot tarziga qaytarishni boshlaydi. «El Pais» yozishicha, bu haqda bugun, 8 aprel kuni Ispaniya moliya vaziri Mariya Xesus Montero ma’lum qildi.
Uning aytishicha, favqulodda vaziyatning uzaytirilgan muddati tugaydigan 26 apreldan, fuqarolar o‘z odatiy hayot tarzlariga qayta boshlashlari uchun, boshqa «progressiv choralar»ni qabul qilishga kirishiladi.
Vazirning aytishicha, cheklovlar, ekspertlarning xulosalariga tayanilib, koronavirus qayta ko‘payib ketishining oldini olish uchun, sekin-asta kamaytirib boriladi.
Eslatib o‘tamiz, Ispaniyada kecha koronavirusdan 757 kishi vafot etdi. To‘rt kun ketma-ket pasayishdan so‘ng, qurbonlar soni ikki kundan beri ko‘paymoqda. Koronavirus qurbonlari umumiy soni 14555 nafarga yetdi. Sog‘ayib ketganlar — 48 ming nafar.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…