AQSHda senatorlardan Zoom ilovasidan foydalanmaslik so‘raldi

AQSHda senatorlardan Zoom ilovasidan foydalanmaslik so‘raldi
Foto: ZUMA / TASS
AQSH senati kongressi xodimlari senatorlardan xavfsizlik nuqtai nazaridan onlayn-majlislar va boshqa anjumanlar vaqtida Zoom videokonferensiyalar servisidan foydalanmaslikni so‘rashdi. Bu haqda o‘z manbalariga tayanib Financial Times gazetasi xabar berdi.

Ularning aytishicha, parlament ijrochisi ana shunday ogohlantirish bilan chiqqan.
Gazetaning qayd etishicha, avvalroq Google kompaniyasi o‘z xodimlariga Zoom ilovasini ko‘chirib olishni taqiqlagan.

Xabar qilinishicha, Pentagonda Zoom ilovasidan foydalanish davom etmoqda, AQSH ichki xavfsizlik vazirligi esa Zoom Video Communications kompaniyasi xavfsizlik sohasidagi muammolardan xabardorligini va uning ustida ishlayotganligini bildirgan.

3 aprel kuni The Washington Post gazetasi mazkur servis orqali amalga oshirilgan bir necha mingta shaxsiy videoqo‘ng‘iroqlar yozuvlari internetga ochiq manba sifatida joylashtirilganini xabar qilgandi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar