Foto: Global Look Press
Fransiyalik shifokorlar koronavirusning teri kasalligiga bog‘liq yangi belgilarini ma’lum qildi. Bu boradagi hisobot Dermatolog-venerologlarning milliy ittifoqi (SNDV) saytiga joylashtirilgan.
To‘rt yuzdan ortiq mutaxassislardan iborat tibbiyot xodimlari hamjamiyatining ma’lum qilishicha, COVID-19 bilan kasallanganlar terining tez-tez qizarishi, eshak yemi va yolg‘on belgili sovuq qotishdan shikoyat qilgan. Ekspertlarning so‘zlariga ko‘ra, bu kabi xulosalarga virusli infeksiyaga chalingan bir qancha holatlarni tahlil qilish natijasida kelingan. «Biz tibbiyot hamjamiyatini mutaxassislar koronavirusga chalingan yangi bemorlarni tezroq aniqlashi uchun ogohlantirmoqdamiz», — deyiladi SNDV xabarida.
Shifokorlar shu kabi belgilar kuzatilayotgan fuqarolarni tibbiyot muassasalariga murojaat qilishga chaqirdi. Ularning so‘zlariga ko‘ra, teridagi muammolar COVID-19 belgilari bo‘lmasa-da, ushbu kasallikni baribir davolash kerak.
Rasmiylar SNDV’ning hisobotiga munosabat bildirdi. Fransiya sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi boshlig‘i Jerom Salomon hozircha koronavirus holatlarida dermatologik belgilarni ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan birorta ilmiy izlanishni bilmasligini ta’kidlagan. Shu bilan birga, Salomon yangi belgilar virusning mutatsiyasi sabab ochilgan bo‘lishi mumkinligini ma’lum qilgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi?
O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti
AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi
U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi