
AQSH tomoni tashabbusi bilan AQSH prezidentining Rossiya prezidenti bilan telefon muloqoti bo‘lib o‘tdi. Bu haqda 10 aprelda Kreml matbuot xizmati xabar qildi.
Ta’kidlanishicha, tomonlar jahon neft bozoridagi vaziyat, jumladan neft narxlarini barqarorlashtirish maqsadida OPЕK+ doirasida neft qazib olish hajmini qisqartirish bo‘yicha ishlab chiqilayotgan kelishuv borasida fikr almashishgan. Tramp neft qazib oluvchi davlatlar yetakchilari bilan muloqoti haqida Putinni xabardor qilgan.
Shuningdek, suhbat chog‘ida koronavirus pandemiyasiga taalluqli masalalar muhokama qilingan. Ikki prezident Rossiya va AQSHda virus tarqalishiga qarshi ko‘rilayotgan choralarga baho berishgan.
Bundan tashqari, suhbatda ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb jihatlari, jumladan koinotdagi hamkorlikka to‘xtalib o‘tilgan.
Vladimir Putin matbuot kotibi Dmitriy Peskovning ma’lum qilishicha, ikki prezident suhbat davomida sanksiyalar masalalarini muhokama qilishmagan.
Avvalroq Tramp Rossiya prezidenti va Saudiya Arabistoni podshohi bilan suhbatlashib, neft qazib olish hajmini qisqartirish bo‘yicha kelishuvni muhokama qilgani ma’lum qilingandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar