6 145
50 yil avval harbiylar tomonidan yaratilgan vosita koronavirusga qarshi samarali bo‘lib chiqdi
Foto: Reuters
Rossiyalik olimlar koronavirusga qarshi “Mefloxin” vositasining samarali ekanini isbotlashdi. Bezgakka qarshi qo‘llanuvchi vosita virusning sitopatik ta’siri (hujayralarda virus ko‘payishi bilan bog‘liq salbiy o‘zgarishlar) avj olishini to‘liq to‘sgan.
Bu haqda Rossiya federal tibbiy-biologiya agentligi ma’lum qildi.
“Mefloxin” hujayralarda 2 mkg/l miqdorda koronavirusning sitopatik ta’siri avj olishini to‘liq bloklashi isbotlandi. Qon plazmasida bunday miqdorga vositaning insonda qo‘llashga ruxsat berilgan terapevtik dozalarida qabul qilingandan keyin erishiladi”, deb aytgan agentlik rahbari Veronika Skvorsova.
Uning aytishicha, vositaning klinik samaradorligini o‘rganish uchta ilmiy markazda olib borilmoqda.
“Mefloxin” bir marta 750 mg/sutka (250 mglik 3 ta tabletka) miqdorda qabul qilingandan keyin uning qon plazmasidagi maksimal miqdori birinchi kun davomida 1,51 mkg/l.ga yetadi. Vositani 500 mgdan qabul qilishni davom ettirganda uning qon plazmasidagi miqdori oshadi va 2-3-kun 2,7-3,8 mkg/l.ga yetib, virusning yo‘qolishini ta’minlaydi. Vositaning 250 mgdan (kuniga 1 tabletkadan) keyingi qabul qilinishi zarur miqdorni butun davolash kursi (7 kun) davomida va u yakunlangandan bir necha kun keyin ham saqlab turishga imkon beradi”, deb aytgan Skvorsova.
“Mefloxin” (boshqa nomi “Lariam”) bezgakning oldini olish va uni davolashda qo‘llanuvchi vosita bo‘lib, AQSHdagi Uolter Rid nomidagi armiya ilmiy-tadqiqot institutida 1970-yillar boshida, Vetnamdagi urushdan keyin ishlab chiqilgan.
Ta’kidlanishicha, ushbu vosita Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tavsiya qiladigan asosiy dori vositalari ro‘yxatiga kiradi. OAV ma’lumotlariga ko‘ra, “Mefloxin” Guantanamo bazasidagi mahbuslarda sinovdan o‘tkazilgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Messi “dahshatli” ko‘rsatkich qayd etdi (video)
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Superliga. "Paxtakor" 7 ta gol urilgan o‘yinda "Metallurg"ni mag‘lub etdi
Xomyakov "Andijon"ning Superligadagi ilk mag‘lubiyati haqida qanday izoh bildirdi?
O‘zbekiston U-23 terma jamoasi guruh bosqichidagi 2 o‘yinini “PSJ” stadionida o‘tkazadi
Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi
Tarixdagi eng mashhur ikki tomonlama josuslar