
Foto: «RBK»
Rossiyada katta savdo tarmoqlarining yetkazib beruvchilari oziq-ovqat mahsulotlarining narxini o‘rtacha 5 foizdan 15 foizgacha oshirgan. Bu haqda Chakana savdo kompaniyalari assotsiatsiyasi (AKORT) ma’lumotiga tayanib, «RBK» xabar berdi.
«Reteylerlarning alohida yetkazib beruvchilari narxlarning 20, 30 va 50 foizgacha qimmatlashishi haqida ogohlantirmoqda», — deyiladi xabarda. Assotsiatsiya vakillari ushbu vaziyatni mart oxiri va aprel boshida kuzatilyotganligiga rubl kursining keskin tushgani sabab ekanini bildirgan.
Shuningdek, aholining xarid qobiliyatiga koronavirus tarqalishining oldini olish bo‘yicha ko‘rilgan cheklov choralari ham ta’sir qilmoqda, taqiqlar tufayli kichik va o‘rta biznes korxonalari yopilgan.
Avval aprel boshida Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin mahsulotlar, jumladan, dori-darmon va boshqa kerakli tovarlar narxini «muzlatish» taklifini qo‘llab-quvvatlagandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar