11:44 / 12.04.2020
4 379

Sloveniya bosh vaziri Yevropada koronavirus tarqalishida kim aybdor ekanini aytdi

Sloveniya bosh vaziri Yevropada koronavirus tarqalishida kim aybdor ekanini aytdi
Foto: Reuters/Yanez Yansha
Sloveniya bosh vaziri Yanez Yansha UYEFAni va tashkilot prezidenti Aleksender Cheferinni Yevropada koronavirus tarqatishda aybladi.
Yanshaning ta’kidlashicha, futbol uchrashuvlari juda kech to‘xtatilgan. U bu holatni «mas’uliyatsiz va jinoiy harakat», deb baholagan.

«Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan qilingan ogohlantirish UYEFAga Chempionlar ligasi va Yevropa ligasini to‘xtatish uchun yetarli bo‘lmadi», — deydi bosh vazir. U Yevropa futboli rahbariyatini faqat pul haqida o‘ylashda ayblagan.

Eslatib o‘tamiz, Yevropada koronavirus kasalligi jadal tarqalgandan so‘ng UYEFA Chempionlar ligasi va Yevropa ligasini to‘xtatib, Yevropa chempionatini kelasi yilga qoldirgan edi. Shuningdek butun dunyo bo‘ylab futbol musobaqalari qoldirilgan. Hozircha musobaqalar qachon qayta boshlanishi aniq emas.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Sloveniya bosh vaziri Yevropada koronavirus tarqalishida kim aybdor ekanini aytdi