2 956
Zelenskiy koronavirusga qarshi birinchi bo‘lib vaksina ixtiro qilganga 1 mln dollar bermoqchi
Foto: EPA / STR / POOL / TASS
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy koronavirusga qarshi birinchi bo‘lib vaksina yaratgan ukrainalik olimga 1 mln dollar berishni va’da qildi. Bu haqda mamlakatning bosh sanitar shifokori Viktor Lyashko ma’lum qildi.
«Sizga bir sirni ochaman. Prezident mendan akademiklarimizga xat yozishimni so‘radi va kimki vaksina yoki dori ixtiro qilsa kamida million dollar berishni va’da qildi», — dedi Lyashko.
Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirda Ukrainada haftasiga 30 mingta test o‘tkazilmoqda, yaqin kunlarda bu raqamni 80 mingtagacha yetkazish rejalashtirilgan.
Ukraina sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lumot berishicha, mamlakatda koronavirusga chalinganlar soni 2,7 mingdan ortiq, ulardan 83 nafari vafot etgan, 89 kishi sog‘aygan.
Hozircha dunyoda koronavirusga qarshi dori topilmadi: qator mamlakatlarda tadqiqotlar o‘tkazilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘p?
“Muhtasham yuz yil” seriali yulduzlarining umr yo‘ldoshlari (foto)
Tramp Ukrainadagi mojaroga barham berish uchun “maxfiy” reja ishlab chiqdi
Ukrainada OIV va saraton kasalligiga chalingan bemorlar armiyaga chaqiriladi
Ayollar erkaklarga qaraganda uzoqroq yashashadi, lekin...
Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi
AQSH Kongressi Ukrainaga qo‘shin yuborish shartini aytdi
2025 yilgi Green Card natijalari e’lon qilindi