4 936
AQSHning bosh infeksionisti odatiy turmush tarziga qachon qaytish mumkinligini taxmin qildi
Foto: Reuters
Qo‘shma Shtatlar may oyidan odatiy hayot tarziga qaytishi mumkin, cheklov choralari ta’sir qilmoqda, dedi AQSHning bosh infeksionisti Entoni Fauchi. Bu haqda CNBCga tayanib Kun.uz xabar bermoqda.
Fauchi shunday bo‘lishini tasdiqlamadi, balki vaziyatdan kelib chiqib umid bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, kasalxonaga va reanimatsiyaga joylashtirishlar soni pasaydi, boshqa mamlakatlarda esa umumiy pasayish kuzatilmoqda.
U cheklovlar to‘liq olib tashlanmasligini taxmin qildi, agar zarur bo‘lsa taqiqlar qaytadan joriy etiladi.
Avvalroq Fauchi Xitoyda kasallik yana avj olishi mumkinligini ehtimoldan uzoq deb baholagandi.
AQSH koronavirusdan o‘limlar soni bo‘yicha birinchi o‘rinda turibdi. Mamlakatda 20,7 mingdan ortiq o‘lim qayd etilgan. Kasallik yuqtirganlar soni bo‘yicha ham AQSH yetakchi - 527 111 kishi.
Dunyo bo‘yicha koronavirus yuqtirganlar soni 1,7 milliondan oshib ketdi, 108,8 ming kishi vafot etdi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi
NATO rahbari: “Ukrainaga bergan va’damizni bajarmadik”
O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin
Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonlari g‘alabaga ishonishni to‘xtatishdi
Fon der Lyayen Putinning «ishonli odamlari» bilan hamkorlikni istisno etdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi
U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin