Foto: Marcelo del Pozo / Getty Images
Politico va The Financial Times nashrlarining bildirishicha, Yevrokomissiya Yevroittifoq davlatlariga karantin choralarini yumshatish bo‘yicha yo‘l xaritasi loyihasini ishlab chiqqan.
Yevrokomissiya YEI davlatlari karantin choralarini yumshatish bo‘yicha tadbirlarini muvofiqlashtirishi kerak deb hisoblamoqda. Bu haqda The Financial Times (FT) va Politico nashrlari xabar bermoqda.
Hozirda Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen milliy hukumatlar chegaralarni yopishda bir-biri bilan kelishmasdan harakat qilganidan norozi. Bu chegaralarda navbatlar hosil bo‘lishiga va dori-darmonlarni yetkazishda muammolar kelib chiqishiga olib keldi.
Politico va The Financial Times nashrlarining bildirishicha, Yevrokomissiya Yevroittifoq davlatlariga karantin choralarini yumshatish bo‘yicha yo‘l xaritasi loyihasini ishlab chiqqan. Loyihada jumladan quyidagilar o‘rin olgan:
- karantin rejimidagi o‘zgarishlar to‘g‘risida boshqa a’zo davlatlarni xabardor qilish;
- karantinni bosqichma-bosqich yengillashtirish;
- xatar guruhidagi fuqarolar – keksalar va surunkali kasalligi bo‘lganlarni koronavirus yuqtirishdan himoya qilish.
Qayd etilishicha, yo‘l xaritasi ushbu haftada rasman e’lon qilinishi mumkin. Fon der Lyayen 15 aprel kuni ushbu mavzu bo‘yicha brifing o‘tkazishi rejalashtirilgan, deb yozmoqda Politico.
Fon der Lyayen karantin choralari masalasida YEI mamlakatlari harakatlarini muvofiqlashtirish zarurligi haqida mart oyidayoq aytgandi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Global Janub kimniki?
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi