Foto: AP Photo
Amazon kompaniyasining asoschisi, dunyoning eng badavlat insoni hisoblanuvchi Jeff Bezosning boyligi bir kun ichida 6,4 milliard dollarda ko‘paydi. Bu unga tegishli korporatsiyalarining aksiyalari qiymati rekord darajada o‘sishi fonida yuz berdi, deb yozadi Forbes.
Ta’kidlanishicha, 14 aprel kuni Nyu-York fond birjalarining yopilish vaqtida Amazon aksiyalarining narxi 5,3 foizga ko‘tarilgan. Shunday qilib, bir dona qimmatli qog‘oz narxi 2238 dollarga yetgan.
Buning natijasida Amazon’ning 11,2 foiz aksiyasiga egalik qiluvchi Bezosning boyligi 6,4 milliard dollarga ko‘payib (taxminan 5 foizga), 138 milliard dollarga yetgan. Ajrashish vaqtida kompaniyadan ulushga ega bo‘lgan Bezosning sobiq turmush o‘rtog‘i Makkenzining boyligi esa 2,2 milliard dollarga ortib, 44,8 milliard dollarga yetdi.
Umumiy hisobda inqirozga qaramay, Amazon aksiyalari yil boshidan buyon 20 foizga qimmatlashgan. Bunga koronavirus pandemiyasi sharoitida onlayn-gipermarketlar va yetkazib berish xizmatlariga bo‘lgan talabning ortib ketgani sabab bo‘ldi. Bloomberg’ning yozishicha, amerikaliklar hatto hojatxona qog‘ozini ham onlayn-do‘konlardan xarid qilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
"Al Vahda" OCHL finalchisini mag‘lub qilib, Liga kubogini qo‘lga kiritdi!
Oltmish yillik muhabbat: 86 yoshli qariya o‘z kursdoshiga uylandi
Indoneziyaning Sulavesi orolida suv toshqinlari sabab 15 kishi halok bo‘ldi
Sobiq bosh vazir saylov uchastkasiga kiritilmadi
Rossiyalik Vinnik AQSHda pul yuvish bo‘yicha aybini tan oldi
Chilonzorda 1 yoshli qizaloqni daraxt bosib qoldi
Toshkentdagi issiqlik ta’minoti operatori daraxt tagida qolib ketgan qizaloq yuzasidan munosabat bildirdi
Ukraina yaradorlar bilan qanday muomala qilayotgani ma’lum qilindi