Jahonda yangi SARS-CoV-2 koronavirusi yuqishi oqibatida kelib chiqqan COVID-19 kasalligidan vafot etganlar soni 150 mingdan oshib, 151 006 kishini tashkil etmoqda.
AQSHdagi Jons Hopkins universiteti rasmiy sayti jahon mamlakatlari hukumatlari tomonidan taqdim etilayotgan tezkor ma’lumotlar asosida Yer kurrasida koronavirus infeksiyasi tarqalishini hisob-kitob qilib bormoqda.
Universitet ma’lumotlariga ko‘ra, ayni paytda jahonda koronavirus yuqtirgan jami insonlar soni 2 218 332 nafarni tashkil etmoqda. Ularning 565 876 nafari tuzalgan.
O‘lim ko‘rsatkichi 6,8 foizni tashkil etmoqda. Jahonda eng og‘ir vaziyat AQSHda hukm surmroqda. U yerda virus yuqtirganlar soni 687 mingga yaqinlashmoqda. Qurbonlar 34 mingdan ziyod.
Ispaniyada 188 093 (qurbonlar — 19 613), Italiyada 172 434 (22 745) bemor qayd etildi. Fransiyada 147 ming kishi, Germaniyada 139 ming kishi, Buyuk Britaniyada 109 ming kishi zararlangan.
Koronavirus avj olishi 2019 yilning oxirlarida Markaziy Xitoyda ilk bor qayd etilgan va jahonning boshqa davlatlariga tarqala boshlagan edi. 11 mart kuni JSST uni pandemiya deb tan oldi.
O‘zbekistonda virus yuqtirgan inson ilk marta 15 mart kuni qayd etildi. 17 aprelning yakuniy holatiga ko‘ra, yuqtirganlar soni 1405 nafarni tashkil etmoqda. 156 kishi to‘liq tuzalgan. Vafot etganlar — 4 kishi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘p?
“Muhtasham yuz yil” seriali yulduzlarining umr yo‘ldoshlari (foto)
Tramp Ukrainadagi mojaroga barham berish uchun “maxfiy” reja ishlab chiqdi
Ukrainada OIV va saraton kasalligiga chalingan bemorlar armiyaga chaqiriladi
Ayollar erkaklarga qaraganda uzoqroq yashashadi, lekin...
Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi
Har kuni makaron iste’mol qilinsa organizmda qanday o‘zgarishlar ro‘y beradi?
2025 yilgi Green Card natijalari e’lon qilindi