Devid Melpas. Foto: AP Photo/Christophe Ena
Jahon banki prezidenti Devid Melpas xalqaro hamjamiyatni yangi koronavirus tarqalishiga qarshi kurashish bahonasi bilan savdoda proteksionizmga yo‘l qo‘ymaslikka chaqirdi, deb yozmoqda TASSga tayanib Kun.uz nashri.
Juma kuni JB va Xalqaro valyuta jamg‘armasining yozgi sessiyasi yakunlariga bag‘ishlangan matbuot anjumanida chiqish qilar ekan, Melpas mamlakatlar va hududlar joriy pandemiya sababli proteksionistlik choralarini qo‘llamasliklaridan umid qilayotganini aytib o‘tdi.
«Umid qilamanki, bunday bo‘lmaydi», — degan JB rahbari undan yangi koronavirus tarqalishining avj olishi tufayli sodir bo‘lgan jahon iqtisodiy inqirozi proteksionizm oshishiga olib keladimi, degan savolga javoban.
«Mamlakatlar ushbu inqirozdan bozorlarning yopilishi yoki taqiqlanishi uchun sabab sifatida foydalanmasliklari borasida chiqish qilishlari kerak», — degan Melpas.
«Jahon birgalikda ishlashi kerak, ma’lum bir mahsulot zaxirasi ko‘p bo‘lgan mamlakatlar boshqalar bilan bo‘lishishi, barter tizimiga yoki ayriboshlashga o‘tmasligi lozim. Biz zaxiradagi mahsulotlar aynan unga ko‘proq ehtiyoj sezayotganlarga yetib borishi uchun, bozorlarga faoliyat ko‘rsatish imkoniyatini berishimiz kerak», — degan JB rahbari.
Bu borada u Xitoyning qadamlarini olqishlagan. «Bilaman, Xitoy o‘zining ortiqcha mahsulotlarini jahon hamjamiyatining qolgan qismiga bermoqda. Bu olqishga sazovor», — degan Melpas.
11 martda JSST tomonidan koronavirus infeksiyasining tarqalishi pandemiya o‘laroq tan olingach, ko‘plab mamlakatlar sanitariya-epidemiologiya xarakteridagi cheklovlarni o‘rnatishga majbur bo‘ldi. Oqibatda pandemiya chuqur xalqaro iqtisodiy inqirozni keltirib chiqardi. XVJning prognozlariga ko‘ra, 2020 yilda jahon iqtisodiyotini 3 foizlik pasayish kutmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Orol dengizi bo‘yida mobil aloqa va internet tarmog‘i ishga tushirildi
Prezident Olimpiadaga yo‘llanma olgan futbolchilarga tabrik yo‘lladi
Osiyo kubogi: O‘zbekistonning g‘alabasiga xorijdan qanday munosabat bo‘lmoqda?
Toshkentdan Chorvoqqa avtobus qatnovi boshlandi
O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Indoneziyani mag‘lub etib, final va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi
Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi: "Parij Olimpiadasiga qit’a chempionlari maqomida borishni maqsad qilganmiz"
Green Card javoblari qachon chiqishi e’lon qilindi