SARS-CoV-2 ga qarshi vaksina paydo bo‘lmasa, koronavirus epidemiyasining ikkinchi to‘lqini kelib chiqishi mumkin, faqat u birinchisiga qaraganda kuchsizroq bo‘ladi. Bu haqda RFA akademigi Sergey Nedospasov «Parlament gazetasi»ga bergan intervyusida aytib o‘tgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, epidemiyaning ikkinchi to‘lqini qachon boshlanishini oldindan aytishning iloji yo‘q. Chunki bu sog‘liqni saqlash tizimi, koronavirusning o‘ziga xos xususiyati va populyatsiyasiga bog‘liq.
Agar Yer yuzining aksar aholisida immunitet shakllansa, virus mag‘lub bo‘ladi. «Mazkur «kollektiv effekt» natijasida hatto immuniteti yo‘q odam ham himoyalanadi — virusga duch kelish ehtimoli haddan tashqari kamayadi», — deya izohlaydi mutaxassis.
Nedospasovning fikricha, klassik virusli infeksiyada antitanacha taxminan bir-ikki haftadan so‘ng hosil bo‘ladi, biroq ularning organizmdagi yashash muddati ko‘pgina omillarga bog‘liq. Vaksinatsiyada antitanacha o‘n yil yoki hatto butun umrga shakllanishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Turk seriallari yulduzi Demet O‘zdemirning Istanbuldagi shinam villasiga sayohat
Sof quyma oltin sotayotgan shaxslar qo‘lga tushdi
Ukraina 300 mingta dron sotib olish uchun pul ajratadi
Qozog‘istonda sobiq ichki ishlar vaziri qo‘lga olindi
Ko‘p kvartirali uylarda «kvartplata»ning eng kam miqdori tasdiqlandi
Harbiy xizmatdan qochgan 30 dan ortiq ukrainalik chegarani kesib o‘tishga urinib, halok bo‘ldi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi