
AQSHning Nyu-York shtatida nikoh marosimlarini onlayn o‘tkazishga ruxsat berildi. Bu haqda shtat gubernatori Endryu Kuomo Twitter’da ma’lum qilgan.
Ushbu qarorning chiqarilishiga koronavirus pandemiyasi sabab bo‘lgan. Nikoh qayd etilgani haqidagi guvohnomani endi internet orqali ham olish, ro‘yxatdan esa videokonferensaloqa formatida o‘tish mumkin.
Eslatib o‘tamiz, ayni paytga qadar AQSHda 742 mingdan ortiq kishida koronavirus qayd etilgan, 40 mingdan ortiq odam esa kasallik oqibatida vafot etgan. 66 ming nafar bemor kasallikdan tuzalgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar