Foto: Getty Images
Microsoft kompaniyasi asoschisi, amerikalik milliarder Bill Geyts koronavirusning paydo bo‘lishi haqidagi taxminlarning “bosh qahramoni”ga aylandi. Ushbu taxminlarga ko‘ra, u “koronavirus yaratuvchisi” hisoblanadi.
Bunday xulosaga The New York Times (NYT) nashri va Zignal Labs birgalikda olib borgan tadqiqotda kelingan.
Taxminlarga ko‘ra, Bill Geyts virusni undan vaksina yaratish ortida yanada boyish yoki dunyoda global videokuzatuv tizimini o‘rnatish maqsadida yaratgan.
Bunday to‘xtamga kelinishiga Geytsning 2015 yildagi nutqi birinchi sabab hisoblanadi. Milliarder o‘z nutqida insoniyat uchun kelajakda bosh xavf yadro urushi emas, balki global pandemiya bo‘lishidan ogohlantirgan. Bu nutq videosi oxirgi haftalarda YouTube’da 25 mln martadan ko‘proq ko‘rilgan.
Bundan tashqari, fevral boshidan televideniye va ijtimoiy tarmoqlarda Geyst koronavirusga aloqadorlik bilan bog‘liq holda 1,2 mln martadan ko‘proq tilga olingan. Bu esa koronavirus bilan bog‘liq eng keng tarqalgan 2-raqamli taxmin – koronavirus 5G tarmoqlarining zararini yashirish maqsadida o‘ylab topilgani haqidagi taxmindan 33 foiz ko‘proqni tashkil qiladi.
Nashrda ta’kidlanishicha, Geytsga bu boradagi hujumlar u tvitterda AQSH prezidenti Donald Trampni Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotiga to‘lovlarni vaqtincha to‘xtatish qarori uchun tanqid qilgandan keyin boshlangan.
“JSST koronavirus tarqalishini sekinlashtirmoqda va uning ishi to‘xtab qolsa, dunyodagi birorta boshqa tashkilot uning o‘rnini bosolmaydi”, deb yozgan milliarder o‘z tvitida.
Geytsning o‘zi yuqoridagi ayblovlarga izoh berishdan bosh tortgan. Milliarderning Bill & Melinda Gates xayriya jamg‘armasi rahbari Mark Suzman uni qiyin vaqtda birlashib, odamlar hayotini qutqarish o‘rniga uydirmalar tarqatuvchi odamlar ranjitishini aytgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonlik 17 yoshli qiz dunyoning yetakchi universiteti olimlari bilan tadqiqot olib bormoqda
“Roma” Shomurodov uchun yana 8 million yevro xarajat qiladi!
Pnevmatik qurollarni o‘z ixtiyori bilan topshirganlar javobgarlikdan ozod etiladi
Messining salkam 1 million dollarga sotilgan salfetkasi haqida
Shimoliy Koreya yangi ko‘rsatkichlarga ega ballistik raketani sinovdan o‘tkazdi
O‘zbekistonliklar doimiy yashash uchun ko‘proq qaysi davlatlarga ko‘chib ketmoqda?
Jizzaxda uchta yuk mashinasi ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
Ukraina prezidenti mahbuslarni safarbar qilish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi