
Dunyo aholisining katta qismi, agar cheklovlar koronavirusni yengishga yordam bersa, ularning har qanday turiga tayyor. «Romir» hamda Gallup International tomonidan o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalari shuni ko‘rsatmoqda.
Tadqiqotda 18 mamlakat, jumladan Rossiya va Qozog‘istondagi 17 ming kishi qatnashdi. Unga ko‘ra, 81 foiz insonlar COVID-19 ustidan g‘alaba qozonish uchun har qanday cheklovlar qo‘llanilishiga rozi.
Cheklovlarga eng ko‘p tayyor bo‘lgan davlatlar qatorida Iroq va Pokiston (92%), Hindiston va Tailand (91%), Germaniya (89%), Avstriya, Shveysariya va Filippin (har biri 86%), Italiya (85%) aholisi bor.
Yaponiyada esa cheklovlarga toqat qilishmaydi. So‘rovnomada ishtirok etgan 7 % yapon o‘z huquqlaridan voz kechishga tayyor ekanligini bildirdi.
Rossiyada 69 %, AQSHda esa 68 % respondentlar cheklovlarga toqatliligini bildirgan.
Yevropa kengashiga 10 ta a’zo davlat allaqachon koronavirus infeksiyasi bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarda ayrim majburiyatlarni bekor qilish to‘g‘risida tashkilotning Bosh kotibiga murojaat qilgan. Bunda mamlakatlar Yevropa konvensiyasi bilan belgilangan inson huquqlari va erkinliklari, jumladan shaxsiy erkinlik, erkin harakatlanish kabi, cheklash imkoniyatiga ega bo‘lishlari mumkin. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar