08:45 / 21.04.2020
2 110

Xitoyda 3,8 mingga yaqin turistik ob’ekt qayta ochildi

Xitoyda 3,8 mingga yaqin turistik ob’ekt qayta ochildi
Xitoyda 3770 ga yaqin turistik ob’ekt o‘z faoliyatini qayta boshladi va onlayn-bronlashni ishga tushirdi.
Bu haqda China Daily nashri xabar berdi. Mamlakat bo‘ylab bepul kirishni taklif qiluvchi ko‘plab turistik ob’ektlar va muzeylar onlayn-bronlashni talab qilmoqda.

Turistlar safardan oldin uni bronlashga ko‘nikadilar. Bu epidemiya oldini olish va unga qarshi kurashish chorasi sifatida odamlar to‘planishidan qochishda asqotadi”, deb aytgan onlayn-bronlash kompaniyasi vakili Yu Syaotszyan.

Xitoyning madaniyat va turizm vazirligi hamda Sog‘liqni saqlash bo‘yicha milliy komissiyasi o‘z ishini qayta boshlovchi ob’ektlardan kunlik tashrif buyuruvchilari sonining 30 foizidan ko‘p bo‘lmagan sayyohlarni qabul qilishni talab qiluvchi yo‘riqnoma chiqargan.

Hujjatda turistik saytlar sayyohlarni ob’ektlarga borishni avvaldan buyurtma qilishga rag‘batlantirishlari lozimligi ko‘rsatilgan. Bu esa tashrif buyuruvchilar oqimini nazorat qilish va ko‘p sonda odamlarning to‘planishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun zarur hisoblanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xitoyda 3,8 mingga yaqin turistik ob’ekt qayta ochildi